Duplet. 1. Ushbu serialda bosh qahramon roli, vaziyat taqozosi bilan, koʻplab insonlar tomonidan ijro etilgan. Ular orasida oʻn uchta erkak, bir necha oʻsmir va hatto bir ayol bor. Oxirgi qismi AQSHda taxminan ikki hafta oldin prokatga chiqdi, garchi premyera bir oy yoki hatto toʻqqiz oy keyinroq boʻlishi ham mumkin edi. Ikki soʻzdan iborat serial nomini yozing. 2. "Warner Bros" kompaniyasi buyurtmasiga koʻra oʻtkazilgan soʻrovnoma shuni koʻrsatdiki, ushbu roʻyxatda U faqat buzilgan roʻzgʻor buyumi va interyer qismidan keyin turadi, biroq uy hayvoni va boshqa koʻp narsalardan oldinda. UNI ikki soʻz bilan ayting.
1. "Juma, oʻn uchinchisi". 2. Juma, oʻn uchinchisi.