Duplet. IKS va IGREK — almashtirishlar. 1. Bir film qahramoni — AQSHda oʻsib-ulgʻaygan xitoylik ayol. U Osiyoga kelganida uni IKS bilan solishtirishadi, chunki u tashqaridan bir xil, ichkaridan esa boshqacha. IKSni ayting. 2. Oʻsha film qahramonini buvisi IGREKni quyidagicha tayyorlashni oʻrgatgan: chaqaloqni olasan, beshikka yotqizasan va ustini yopasan. Shu filmning boshqa bir qahramoniga esa xolasi IGREKni boshqacha qilishni oʻrgatgan: teri ostiga botoks yuborasan, keyin esa chimchilab qoʻyasan. IGREK va IKS juft undoshlar bilan boshlanishini hisobga olib, IGREKni ayting.