Qarshingizda Gans Xolbeyn Kichigining "Elchilar" asari. Suratning pastki qismida tushunarsiz buyum tasvirlangan. Sanʼatshunoslar ushbu buyum mavjudligining bir necha sabablarini keltirishadi, jumladan: 1. Buyum stolda yotgan insoniy muvaffaqiyat ramzlari bilan keskin kontrast hosil qilib, insoniy intilishlarning oʻtkinchiligini eslatadi. 2. Buyum elchilar missiyasi muvaffaqiyatsiz tugashi va tez orada urush boshlanishiga ishora qiladi. Bir daqiqadan soʻng ushbu buyumni ayting.