Duplet. Ikkita savol, har birini muhokama qilish uchun oʻttiz soniya beriladi. Javoblar bitta blankda topshiriladi. 1. «Yashil oʻrmon» internet-doʻkoni saytidagi maqolaga koʻra, ustiga «Jokonda» nusxasi tushirilgan U, ehtimol, eng qimmatidir. Qiziqarli tomoni shundaki, tilga olingan U Jimning uyida boʻlgan. UNI tarkibida bitta «r» harfi bor soʻz bilan ayting. 2. BBC maʼlumotlariga koʻra, USHBU GERMANIYA SHAHRIGA har yili bir yuz ellik ming xitoylik sayyoh tashrif buyuradi. Ushbu shaharni tarkibida ikkita «r» harfi bor soʻz bilan ayting.