Mavzuni davom ettiramiz. Duplet. Sizga ikkita savol beriladi va har biri uchun yarim daqiqadan vaqt ajratiladi. 1. Umid qilamanki, oldingi jumlada toshga aylanib qolmadingiz. U ham shahzoda Gvidon kabi onasi bilan birga yogʻoch qutiga qamalib, okeanga tashlangan. UNI ayting. 2. Zamonaviy mualliflar koʻpincha qadimiy syujetlarga murojaat qilishadi. Poseydon va oddiy ayolning oʻgʻli boʻlgan asar bosh qahramoniga muallifning oʻgʻli — Xeyli Riordan prototip boʻlib xizmat qilgan. Bosh qahramonning ismini yozing.