Qonxoʻr duplet. 1. Boshqa shaharlik hamkasbi bilan internet texnologiyalari orqali nizoli muloqotni kutgan savol muallifi, Bill Driskoll juda qoʻrqqan «Qizil tanlilar sardori»ning tahdidini anglatuvchi soʻzdagi ikki harfni bittasiga almashtirib, feʼl yasadi. Yasama feʼlni ayting. 2. Boshqa shaharlik erkak hamkasbi bilan internet orqali nizoli muloqotni kutgan muallif, Buxoro amirining Xoʻja Nasriddin dahshat bilan rad etgan taklifini anglatuvchi soʻzdagi bir harfni ikkitasiga almashtirib, feʼl yasadi. Yasama feʼlni ayting.