Duplet. Bizda ikkita savol. Har biriga oʻttiz soniyadan muhokama vaqti. 1. Italiya taomlariga taqlid qilish marafoni doirasida «Vyjit na sotku» guruhi mol goʻshti qiymasi, tomat sharbati va unni oʻz ichiga olgan qayla retseptini taklif qildi. Qaylani SHUNDAY tortishni maslahat berishadi. Biz qaysi ikki soʻzni SHUNDAY deb oʻzgartirdik? 2. Chernobil AESidagi avariyadan eng koʻp Belorussiya SSR aholisi jabr koʻrdi. «Vyjit na sotku» guruhi «Chernobildagi oqshom» tovuqli sharchalari retsepti bilan boʻlishadi va ularni BUNDAY tortishni maslahat beradi. Biz qaysi ikki soʻzni BUNDAY deb oʻzgartirdik?