Duplet. Har biriga oʻttiz soniyadan vaqt beriladigan ikkita savol, javoblar bitta blankada topshiriladi. 1. Maykl Lennoks tushlar maʼnosini talqin qiluvchi roʻyxat tuzdi. Roʻyxat boshida Lennoks IKS yangi narsaga yoʻl ochish uchun nimadandir voz kechish qarorini anglatishini yozadi. IKSni bir soʻz bilan ayting. 2. Konstantin Ranks talqiniga koʻra, bir rifning joylashuvini u okeanda erkin suzib yuruvchi orol boʻlgani uchun aniqlay olishmagan. Bu rifning nomi — SIK. Biz SIK bilan qaysi soʻzni almashtirdik?