Duplet. 1. "Ziravorlar va ehtiroslar" filmi qahramoni avariyaga uchragan oilani mazali tushlik bilan mehmon qiladi. Oila boshligʻi ovqatdan zavqlanayotgan bolalarining jimligi uchun uzr soʻraydi: "Bolalarim allaqachon BOʻSHLIQ deb qoʻrqishayotganga oʻxshaydi". Tushirib qoldirilgan soʻzlarni tiklang. 2. "Kechirilmagan" filmi qahramoni boshqa qahramonga shunday deydi: "Seni otdan yiqilib, boʻyningni sindirib olganing haqida mish-mishlar yurgandi". U esa javob beradi: "Oʻzim ham allaqachon BOʻSHLIQ deb oʻylagandim, lekin keyin bilsam, bu shunchaki Nebraska ekan". Tushirib qoldirilgan soʻzlarni tiklang.