Agar bitta kichik grafik soddalashtirishga yo‘l qo‘yilsa, 1-asrda bunday yillardan oltitasi, 2, 7, 9 va 10-asrlarda uchtadan, 11, 12, 17, 19 va 20-asrlarda esa faqat bittadan borligini ko‘rish mumkin. Orangizda oxirgi shunday yilda tug‘ilgan yubilyarlar topilishi ehtimoldan xoli emas. Ammo keyingi shunday yilgacha hech biringiz 4000 yildan ortiq yashay olmasligingiz aniq. Ushbu keyingi yilni ayting.