Duplet. Har biri o‘ttiz soniyadan muhokama qilinadigan ikkita savol. Savollardagi «MOT» va «MOST» so‘zlari almashtirishlardir. 1) O‘n sakkizinchi asrda rus tilida minyorlarni (sapyorlarni) belgilash uchun «MOT» so‘zi ishlatilgan. Savolda qaysi so‘zni almashtirdik? 2) O‘ttiz yillik urush paytida sarkarda Albrext Vallenshteyn taniqli olimdan muntazam ravishda «MOST»ga buyurtma berib turgan. Ko‘rinishidan, bu yordam bermagan, chunki Vallenshteyn fitna natijasida o‘ldirilgan. Savolda qaysi so‘zni almashtirdik?