Musiqiy duplet. Har ikkala savolda tushirib qoldirilgan soʻzni ayting: 1. Tanqidlar uni qachondir qiziqtirganmi degan savolga Anton Rubinshteyn: "Albatta", deb javob bergan. Kaliforniya gazetalaridan birida shunday yozilgan edi: "(Boʻsh joy) ajoyib edi, Rubinshteyn ham yomon chalmadi". 2. Nemis pianinochisi Kalkbrenner oʻzining musiqiy isteʼdodidan koʻra koʻproq naslining qadimiyligi bilan faxrlanardi. Bir safar Rossini bilan suhbatlashayotib, u shunday dedi: "Mening ajdodlarim hali salib yurishlari paytida ajralib turishgan, ulardan biri esa yurishlarda Fridrix Barbarossaning oʻziga hamrohlik qilgan!". "(Boʻsh joy)dami?" — deb odob bilan soʻradi Rossini.
Fortepiano, pianino yoki royal (har ikkala savolga).