Butun dunyodagi reklama agentliklari turli tovarlar reklamasiga ikki asosiy mezonga javob beradigan mashhur insonlarni jalb qilishga intilishadi: 1) ularning yuzi hammaga tanish boʻlishi kerak; 2) ularning obroʻsi maksimal darajada pok boʻlishi kerak. Italiyada, masalan, reklama agentlari orasida mashhurlik boʻyicha uchinchi oʻrinda mashhur "La Skala" dirijyori Klaudio Abbado, ikkinchi oʻrinda "Atirgul ismi" bestselleri muallifi Umberto Eko turadi. Ushbu roʻyxatda birinchi oʻrinda turgan insonni esa birorta ham reklama agentligi oʻz loyihalariga jalb qila olmagan. Bu inson kim?