Umberto Eko keyinchalik durdona deb tan olingan turli sanʼat asarlariga yozilgan tanqidiy va shunchaki qiziqarli taqrizlarni hamda hozirda daho deb hisoblanadigan insonlar haqidagi fikrlarni toʻplaydi. Duplet. 1. "Fuqarolar urushi haqidagi hali birorta film kassa yigʻimi keltirmagan". Ekoning maʼlumotlariga koʻra, "Metro Goldwyn Mayer" studiyasi rahbari qaysi filmni suratga olishdan bosh tortishini shunday asoslagan? 2. "U oʻynashni bilmaydi, kuylashni bilmaydi, buning ustiga kal. Raqsga tushishni amallab eplaydi". Ekoning maʼlumotlariga koʻra, qaysi aktyorning sinov hisoboti taxminan shunday koʻrinishda boʻlgan?