Oldingizda ikki parcha: 1. "... Qaragʻandada yoqmasa — Tulaga ketaman, — deb kuldi. Yonida xotini turardi. Uning koʻzlari gʻamgin edi. U yetti yildan beri yer yuzida [boʻshliq] boʻlib yurgan erining quvonchiga sherik emasdi" (S. Baruzdin "Yer chekkasi — mening Kamchatkam"). 2. "Mister Ge — baland boʻyli, bukchaygan. Oq uy kuluarlarida uni [boʻshliq] deb atashadi. U yiliga bir necha marta Parij, London, Rim, Anqara, Tokio, Karachi, Bonnda paydo boʻladi" (A. Avdeenko "Dunay tunlari"). Har bir parchada bir xil ikki soʻz tushirib qoldirilgan, ularni bir daqiqadan soʻng koʻrsatasiz.