Blis. 1. Richard Dokinzning yozishicha, dum oʻrgimchak-maymun hayotida muhim rol oʻynaydi, chunki u koʻpincha UNDAY ishlatiladi. UNI ikki soʻz bilan ayting. 2. Hozirgi vaqtda Moskvaning "Lokomotiv" jamoasi Rossiya chempionati peshqadamlari qatorida. Ammo jamoa uchun omadsiz kechgan vaqtlarda gʻanimlar "Lokomotiv"ni U deb atashgan. UNI ikki soʻz bilan ayting. 3. Bir karikaturada U boshqalardan chetda turib, konstruksiyani buzilib ketishdan ushlab turibdi. UNI ikki soʻz bilan ayting.
1. Beshinchi oyoq. 2. Beshinchi gʻildirak. 3. Beshinchi kolonna.