Blits. 1. Sizga tarqatilgan fotosuratda — Irkutsk viloyatidan topilgan, ogʻirligi olti yarim kilogrammdan ortiq boʻlgan va "U" deb nomlangan oltin boʻlagi tasvirlangan. UNI ikki soʻz bilan ayting. 2. Bolgariyaning Trigrad qishlogʻi yaqinida "U" deb nomlanuvchi gʻor bor. Gʻor kanyon oʻrtasida joylashgan boʻlib, goʻyo daryoni oʻziga yutib yuborayotgandek koʻrinadi. UNI alifboda qoʻshni keladigan harflar bilan boshlanuvchi ikki soʻz bilan ayting. 3. Ekvadordagi dunyodagi eng qoʻrqinchli deb ataladigan temir yoʻl "U" deb nomlanuvchi togʻ orqali oʻtadi. UNI ikki soʻz bilan ayting.