Arxitektor Sedrik Prays murakkab gʻoyalarni oddiy oʻxshatishlar orqali yetkazishni bilgan. Blits. 1. Prays antik davrda shaharlar kichik markazga ega boʻlganini va tashqi dunyodan devorlar bilan ajratilganini yozgan. Prays antik shaharlarni nima bilan solishtirgan? 2. Prays XVII asrdan XIX asrgacha shaharlar endi devorlar bilan himoyalanmaganini, lekin ixcham markazini saqlab qolganini, endilikda u turar-joy va sanoat hududlari bilan oʻralganini yozgan. Prays XVII-XIX asr shaharlarini nima bilan solishtirgan? 3. Prays zamonaviy shaharlar qurilishi avtomobillar paydo boʻlishi sababli bir tekis taqsimlanganini yozgan. Prays zamonaviy shaharlarni nima bilan solishtirgan?