Hazilomuz yangi yil blitsi. Uchta iboraning har birida mashhur qanotli ibora yashiringan. Ushbu iboralarni aniqlash kerak. Masalan, "Dastlabki destruktiv transport birligini yo'qotish bilan bog'liq bo'lgan transport vositasi ish dinamikasini optimallashtirish" — bu "Arava ustidan xotin tushsa, otga yengil". 1. O'troq xalqlarning an'anaviy taomida yog' va uglevodlar nisbati o'zgarganda regressiyaning yo'qligi. 2. Suvda suzuvchilarning juft tuyoqlilar oilasiga mansub kavsh qaytarmaydigan sutemizuvchilarga nisbatan solipsizmi. 3. Travmatik tajriba orttirgandan so'ng subyektning shaxsiy qiymati oshishi qonuniyati.
1. Oshni yog' buzmaydi. 2. G'oz cho'chqaga o'rtoq emas. 3. Bir kaltaklangan o'rniga ikki kaltaklanmaganni berishadi.