Blits. Sizdan oʻzingizni "Bitlz" musiqachilari oʻrniga qoʻyib, muxbirlarning savollariga ular kabi oʻtkir javob berishingiz soʻraladi. 1. Muxbir: Sizga taqlid qilib, bitlz pariklarini kiyib yurgan oʻsmirlar haqida nima deysiz? Jon: Ular bizga taqlid qilishmayapti, chunki biz... Javobni uchta soʻz bilan toʻldiring. 2. Muxbir: Jon, sizga qanaqa qizlar yoqadi? Jon: Mening rafiqam. Muxbir: Jorj, sizga qanaqa qizlar yoqadi? Jorj uchun ikki soʻz bilan javob bering. 3. Muxbir: Ringo — dunyodagi eng yaxshi barabanchimi? Jon: Ringo — hatto ...dagi eng yaxshi barabanchi ham emas. Javobni bir soʻz bilan toʻldiring.