Rostanning pyesasidagi sahnalardan birida maqtanchoq Sirano de Berjerak oʻzining gʻayritabiiy sayohati haqida gapirib beradi. Blits. 1. Siranoning soʻzlariga koʻra, yoʻlda u birinchi ALFAning panjasidan zoʻrgʻa qutulgan, soʻng unga ikkinchi ALFA tashlangan, ammo u jiddiy zarar yetkaza olmagan. Biz qaysi soʻzni ALFA bilan almashtirdik? 2. Siranoning soʻzlariga koʻra, BETA unga zerikishdan qutulishga yordam bergan, ammo bunda uning tori uzilib ketishiga oz qolgan. Biz qaysi soʻzni BETA bilan almashtirdik? 3. Siranoning soʻzlariga koʻra, u tasodifan GAMMAlarga duch kelib, ularning milini surib qoʻygan va endi har kim Siranoning haqiqatan ham sayohat qilganiga ishonch hosil qilishi mumkin. Biz qaysi soʻzni GAMMA bilan almashtirdik?
1. Ayiq (Katta va Kichik ayiq yulduz turkumlari). 2. Lira. 3. Tarozi.