Blits. 1. Karl Gauss UNING nomini "mavhum" emas, balki "yordamchi" deb atash toʻgʻriroq boʻlishini taʼkidlagan, toki odamlarda bu son bilan qandaydir qorongʻu sir bogʻliq degan taassurot uygʻonmasin. UNI ikki soʻz bilan ayting. 2. Rassom oʻz xotiralarida qizi yana xafa boʻlib kelgani va oshxonaga sezdirmasdan kirib olishga harakat qilgani haqida yozadi. Rassom oʻsha davrda nima ustida ishlayotgan edi? 3. Oʻtgan asrning 70-yillari oxirida Sovet Ittifoqida RT200 rusumli tajribaviy tezyurar vagonlar seriyasi ishlab chiqarilgan. Ushbu seriya nomi nima sharafiga qoʻyilgan boʻlsa, oʻsha narsaning tezligi 60 km/soatga yetishi mumkin. Buni ayting.
1. Mavhum birlik. 2. "Yana ikki". 3. Rus troykasi.