SUPERBLITS: 1. Leonardo topishmogʻi: "Kichik ibtidodan shunday bir narsa tugʻiladiki, u tezda ulkan boʻladi; u hech bir maxluq bilan hisoblashmaydi, boz ustiga, oʻz kuchi bilan deyarli hamma narsada oʻz borligʻini boshqasiga aylantirishga qodir boʻladi". Gap nima haqida ketmoqda? 2. Leonardo topishmogʻi: "Koʻpchilik shiddat bilan puflab, koʻrish qobiliyatini, tez orada esa barcha tuygʻularini yoʻqotadi". Gap nima haqida? 3. Leonardo topishmogʻi: "Hayvonlar terisi odamlarni sukunatdan chiqaradi, buyuk qichqiriqlar va haqoratlarni keltirib chiqaradi". Gap nima haqida?
1. Olov haqida. 2. Uyquga yotishdan oldin shamni oʻchirish haqida. 3. Oʻyin toʻplari haqida.