Blits. Quyida Sidneydagi Olimpiada Tashkiliy qoʻmitasining veb-sayti orqali berilgan baʼzi savollar va ularga qaytarilgan javoblar keltirilgan. Masalan: Italiyalik muxlisning "Tasmaniyaning qaysi hududlarida erkaklar soni ayollardan koʻp?" degan savoliga "Gey-klublarda" deb javob berilgan. Germaniyalik turistlarning "Quyosh koʻzimni qamashtirmasligi uchun qaysi yoʻnalishda yurishim kerak — Pertdan Darvingami yoki Darvindan Pertgami?" degan savoliga: "Ajoyib savol! Ayniqsa, Olimpiada Sidneyligini hisobga olsa!" deb javob berilgan. Amerikalikning "Vena oʻgʻil bolalar xori chiqishlari dasturini yubora olasizmi?" degan savoliga: "Siz amerikaliklar qachon Avstriyani Avstraliya bilan adashtirishni toʻxtatasizlar?" deb javob berilgan. Endi savollar: 1. AQSHlik turistning qaysi savoliga "Yuzingizni shimolga qaratib turing. Adashmaysiz!" deb javob berilgan? 2. Amerikalikning qaysi savoliga "Ha, lekin avval siz bu tilni oʻrganishingiz kerak boʻladi" deb javob berilgan? 3. AQSHlik turistning "Koʻchalarda kengurularni koʻra olamanmi?" degan savoliga qanday javob berilgan?
1. Avstraliyada shimol qaysi tomonda? 2. Men boradigan joylarning koʻpchiligida ingliz tilida gaplasha olamanmi? 3. Bu qancha pivo ichishingizga bogʻliq.