Blits. 1. Bu laqabni maʼlum bir oʻyin uslubiga ega futbolchilar olishadi. Bu laqabning soʻnggi sohiblari orasida Martin Teylor va Rayan Shoukross bor. Ushbu laqabni bir soʻz bilan ayting. 2. Asrlar tutashuvida eng yaxshi IKS sifatida Ole-Gunnar Sulsher hisoblanardi. Yaqinda bergan intervyusida Viktor Goncharenko Filipp Rudik IKS boʻlganida jamoaga koʻproq foyda keltirishini aytdi. Biroq koʻp oʻyinchilar IKS boʻlishni yoqtirmaydilar. Biz qaysi ikki soʻzni IKS bilan almashtirdik? 3. 1994-yil 2-iyunda Andres Eskobarning qotili Umberto Munyos Kastro otilgan 16 ta oʻqning har biridan keyin Janubiy Amerika sharhlovchilariga taqlid qilib, ushbu soʻzni baqirgan. Ushbu soʻzni ayting.