Diqqat, blits! 1. Hinduizm va buddizmda ULAR homilador ayolning bolasini egallashga harakat qilishadi. Biz ULAR deb nimani almashtirganimizni soʻramaymiz. Yapon mifologiyasida ularga tashqi koʻrinishdan oʻxshash boʻlganlarning nomini yozing. 2. Luis Bunyuelning ushbu filmida bosh qahramonning «Men»i katolik axloqi va seksual fantaziyalar oʻrtasida sarson boʻladi. Marvin D’Lugoning soʻzlariga koʻra, film nomi U bosh qahramonni shakllantirishidan dalolat beradi. Biz U deb nimani almashtirganimizni soʻramaymiz. Film nomini yozing. 3. Jon Lennon tomonidan 1971-yilda yozilgan U auksionda 30 000 dollarga sotilgan. Biz U deb nimani almashtirganimizni soʻramaymiz. Auksion saytidagi U haqidagi maqolada tilga olingan eng qisqa familiyani yozing.