Aforizmlardan blits. 1. Stanislav Yeji Letsning fikricha, epitafiya — SHUNDAY tashrif qog'ozidir. SHUNDAY — qanday? 2. Tadeush Kojarbinskiyning hisoblashicha, ULAR bizga yashashga yordam beradi va ishlashga xalaqit beradi. Elizabet Marburi ta'kidlaydi: ULAR qanchalik boy bo'lsa, senga shunchalik qimmatga tushadi. ULAR kim? 3. Moris Shevalye fikricha, ilgari ULAR uyaltirilganda qizarishardi; hozir esa qizarganda uyalishadi. Henrik Yagodzinskiy dunyo begona ULARGA to'la deb hisoblaydi... Kimlarga — ULARGA?