Roʻyxatni tinglang: 1. Oruellning "1984" asaridagi Katta Ogʻa. 2. Tomas Harris romanlaridagi Gannibal Lekter. 3. Stiven Kingning "U" asaridagi masxaraboz Pennivayz. 4. Ken Kizining "Kukushkaning uyasi uzra parvoz" asaridagi hamshira Retched. 5. Brem Stokerning shu nomli romanidagi Graf Drakula. 6. Stiven Kingning "Mizeri" romanidagi hamshira Enni Uilks. 7. Uilyam Piter Blettining "Iblisni haydovchi" asaridagi Demon. 8. Bret Iston Ellisning "Amerika psixopati" asaridagi Patrik Beytmen. 9. Charlz Dikkensning "Oliver Tvist" asaridagi Bill Sayks. 10. Joan Roulingning "Garri Potter" asaridagi Volan-de-Mort. Hurmatli bilimdonlar! Siz abebooks.com sayti tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnoma natijasini koʻrib turibsiz. Ushbu soʻrovnoma haqidagi xabar oʻtgan asr oxiridagi asar nomi bilan bir xil nomlangan. Ushbu asarning bosh qahramonini ayting.