Duplet. 1. Afsonaga koʻra, boʻlajak Karfagen quruvchilari dastlab yer ostidan ALFA topishgan va buni qullik boʻyinturugʻi ramzi — yomon alomat deb hisoblashgan. ALFA 1966-yilda Illinoysda asos solingan tashkilot logotipida tasvirlangan. ALFAni ikki soʻz bilan ayting. 2. Afsonaga koʻra, boʻlajak Karfagen quruvchilari boshqa hududga koʻchib oʻtgach, yer ostidan BETAni topishgan va buni xayrli alomat deb bilishgan. Bir saytda BETA koʻrinishidagi yostiqni sotib olish mumkin, uni yoqimsiz syurpriz sifatida ishlatish tavsiya etiladi. BETAni ikki soʻz bilan ayting.