1957-yil 1-aprelda BBC telekompaniyasi Shveytsariyadagi misli koʻrilmagan makaron hosili haqida lavha efirga uzatdi: pishirilgan makaronlarni yigʻayotgan dehqonlar fonida diktorning ovozi qishloq xoʻjaligining ushbu sohasidagi yutuq — makaronlarning bir xil uzunlikda ekanligi haqida soʻzladi. Tahririyat xatlarga toʻlib ketdi. Baʼzi tomoshabinlar makaronlar gorizontal emas, vertikal oʻsishidan hayratda qolishgan boʻlsa, boshqalari tahririyatga bir iltimos bilan murojaat qilishdi. Qanday iltimos?