1831-yil 1-iyunda ingliz dengizchisi va tadqiqotchisi Karl Ross amakisining qutb ekspeditsiyasida qatnashayotib, Amerika qitʼasining eng shimoliy nuqtasi boʻlgan Butiya yarim orolining gʻarbiy qirgʻogʻida UNI topdi. 1848 va 1852-yillarda U bir necha yuz kilometr shimoli-gʻarbda, 1904-yilda esa yana Karl Ross topgan joyga yaqin joyda aniqlangan. 1972-yilda U Ross topgan joydan 500 kilometr shimolda, 1994-yilda esa yana 250 kilometr shimolroqda aniqlandi. Gap nima haqida bormoqda?