Blits-turnir. 1. 1829-yilda ser Robert Pil bir jamoat tashkilotining asoschisi bo‘ldi. Biz ushbu tashkilotning kichik xizmatchilarini qanday ataymiz? 2. Angliya qonun chiqaruvchi palatasi koridorlariga xalq hokimiyati imijini yaratish maqsadida har qanday xohlovchi kiritilar edi. Ingliz tilida "koridor, dahliz" qanday bo‘ladi? 3. 1974-yil 13-fevralda Staffordshir grafligida bo‘lajak mashhur ingliz pop-xonandasi, brit-popning eng muvaffaqiyatli vakili tug‘ilgan. Biz sizdan uning familiyasini so‘ramaymiz... Uning ismini ayting.