gotquestions.online

Blits. 1. U 1729-yilda tugʻilgan, birorta ham magʻlubiyatga uchramagan, Rossiya imperiyasi grafi, Italiya knyazi unvonlariga ega boʻlgan, barcha Rossiya ordenlarining kavaleri edi. UNING familiyasini ayting. 2. U 1745-yilda tugʻilgan va 1817-yilda vafot etgan. UNING nomi bilan Barents dengizining janubi-sharqiy qismidagi koʻrfaz, atom raketa kreyseri, 3010-asteroid, shuningdek, Saranskdagi kafedral sobor atalgan. UNING familiyasini ayting. 3. U 1887-yil 27-fevralda tugʻilgan va 1914-yil 8-sentyabrda Ukrainaning Jolkva shaharchasi yaqinida halok boʻlgan. U bilan birga "Moran" va "Albatros" ham halok boʻlgan. UNING familiyasini ayting.

Manba