Ikkinchi jahon urushi tarixidan uchta fakt: 1. 1940-yil 16-mayda Jolio-Kyuri laboratoriyasining ikki fransuz olimi muhrlangan konteynerlarni Angliyaning "Brampark" paroxodiga yuklash uchun Fransiya janubiga yoʻl olishdi. 2. Dunyoga mashhur fizik Nils Bor fashistlar tomonidan bosib olingan Daniyadan kichik kemada qochib ketayotganida, uning yukidagi eng qimmatli narsa pivo shishasi edi. 3. 1942-yilda Angliya parashyutchilari Norvegiyaning Ryunkan shaharchasiga hujum qilishdi. Bunga sabab kichik zavod, aniqrogʻi oʻsha zavodning ombori edi. Ayting-chi, har uchala holatda ham gap ketayotgan mahsulot nomida qaysi sifat mavjud?