Siz hozir hayotda, ayniqsa bizning hayotimizda – hozir mamlakatimizda saylovoldi kampaniyasi ketmoqda – soʻzlarga va ularning maʼnosiga qanchalik katta ahamiyat berishimizni kuzatyapsiz. Vaholanki, zamonaviy psixologiya bizga asosiy maʼlumot soʻzlar orqali emas, ularning maʼnosi orqali emasligini oʻrgatadi. Katta maʼlumot soʻzlar aytilgan ohang (intonatsiya) orqali keladi. Undan ham koʻproq maʼlumot imo-ishoralar, holatlar, mimika va tana harakatlari tilida keladi. Men hozir sizga bir holatni (poza) koʻrsataman, siz esa bir daqiqadan soʻng bu holat siz uchun nima anglatishini ayting? Zamonaviy psixologiya nuqtayi nazaridan u nimani anglatadi? Men bu holat bilan sizga nima demoqchiman?