Futbol boʻyicha Germaniya chempionati doirasida Berlinning "Gerta" jamoasi Myunxenning "Bavariya"sini qabul qilishi arafasida, Berlin radiostansiyalaridan biri "Bavariya"ning ushbu oʻyinda maʼlum bir ishni qila olgan oʻyinchisiga bir million yevro vaʼda qildi. Naqd pul toʻla chamadon rasmlari hatto koʻplab mahalliy gazetalarda ham chop etildi. Aytgancha, oʻyin 1:1 hisobida durang bilan tugadi va vaʼda qilingan sovrin oʻz egasini topmadi. "Bavariya" oʻyinchisi bu summani olish uchun nima qilishi kerak edi?