Blits. 1. Oʻrta yer dengizida joylashgan Balear orollari maʼmurlari har bir turistdan kuniga 1 yevro undiradilar. Bu yigʻim koʻpincha "UNGA soliq" deb ataladi. UNI ayting. 2. Rossiyada UNI tabiiy resurs deb hisoblash va ishlab chiqarishda UNDAN foydalanganlik uchun haq undirish taklif qilindi. Bu haqdagi xabar shunday sarlavhalangan edi: "Rossiyada UNGA soliq joriy etilmoqchi". UNI ayting. 3. Ukrainada yer uchastkalari egalariga hisoblagichlar oʻrnatish taklif qilindi. Bu haqdagi xabar shunday sarlavhalangan edi: "1-yanvardan ukrainaliklar UNGA soliq toʻlaydilar". UNI ayting.