Agar oʻzingizda yetishmasa, ushbu moddani dorixonadan sotib olish mumkin. Inson va boshqa koʻplab sutemizuvchilar uchun u juda zarur — bizda uning konsentratsiyasi bir joyda 0,5% gacha yetishi mumkin. Ammo bir Janubiy Amerika sutemizuvchisi oʻsha joyda usiz bemalol yashay oladi. Agar buning sababini topsangiz, ushbu hayvonni nomlash sizga oson boʻladi.