Yaqinda Avstraliyada aholini roʻyxatga olish paytida ma’lum boʻlishicha, aholining 0,37 foizi "Galaktikadagi hamma narsani qamrab oluvchi va bogʻlovchi, barcha tirik mavjudotlar tomonidan yaratiladigan, ularni oʻrab turuvchi va oʻz mohiyati bilan ularga singib ketuvchi sirli tabiiy energiya maydoni"ga ishonar ekan. BBC taxminiga koʻra, koʻpchilik buni elektron pochta orqali yuborilgan va ushbu e’tiqodni din sifatida e’lon qilishga chaqiruvchi xabar ta’sirida amalga oshirgan. Bu xabar nimaning muxlislariga yoʻllangan edi?