Angliyada, boshqa ko‘plab mamlakatlarda bo‘lgani kabi, turli hisob-kitoblarni yozish uchun maxsus EHMlardan foydalaniladi. Bir tadbirkor o‘z dvigatelini o‘rnatib, bir muddat shahar energiyasidan foydalanmadi, shunga qaramay, elektron buxgalterdan 0.00 funt sterling miqdorida hisob oldi. Bunday hisobni to‘lash mantiqsiz bo‘lgani uchun tadbirkor uni axlat qutisiga tashladi. Ammo tez orada ikkinchi, keyin esa uchinchi — qat’iy ogohlantirish bilan hisob keldi. EHM tinchlanishi uchun tadbirkor nima qildi?