Loyiha haqida
Zakovat savollari bazasi — oʻzbek zakovat jamoasi uchun yagona professional infratuzilma. Biz 800 mingdan ortiq intellektual savolni bitta toʻplamga birlashtirdik va ularni tez, toʻgʻri, koʻp tilli qidiruv orqali mavjud qildik.
Maqsad
Savollar hozirda zakovatklubi.uz, db.chgk.info, gameshows.ru, 3sual.az, iqga.me, gotquestions.online, Telegram kanallar kabi turli manbalarda tarqoq holda joylashgan. Har birining oʻz interfeysi, oʻz qidiruvi. Zakovatchilar bir savolni topish uchun ettita saytga qarashga majbur.
Biz bu tarqoqlikni toʻgʻirlaymiz — hamma joydan, hamma tildan bitta qidiruv.
Tamoyillar
- Oʻzbek lotin tili birinchi oʻrinda. Interfeys Uz-Lat, lekin siz har qanday tilda qidira olasiz — kiril, rus, ozarbayjon.
- Manba hurmatda. Har savolning asl manbasi saqlanib, havolasi koʻrsatiladi.
- Tezlik. 800 ming savolni 100 millisekundda izlaymiz.
- Ochiqlik. Muammolarni bildiring, xatolar tuzatiladi. Takedown soʻrovlari tez qabul qilinadi.
Holat
Loyiha hozir beta bosqichida. Ommaviy launch 2026-yilning yozida rejalashtirilgan. Sizning fikringiz muhim — xatolarni shu formada yoki support@zakovat.ai orqali yuboring.
Texnik
Ochiq kod: github.com/devtulkin/zakovatsavollari. Next.js 15 + PostgreSQL (pgvector) + Gemini Embeddings 2. Havolalar maxfiylik siyosati va foydalanish shartlari hujjatlarida.